Zakovat savoli #33158

Sizga Yaponiya sohillarida tarqalgan xeykagani qisqichbaqasi tasviri taqdim etilyapti. Uni yana "IKS-qisqichbaqa" deb ham atashadi va soʻnggi yillarda ular atigi 800 tadan kam qolgan hamda kamdan-kam hollarda ovqatga ishlatiladi. "Soʻnggi IKS" 2003-yilda paydo boʻlgan. IKSni yozib bering?
Javobni ko'rish
Samuray! Izoh: Yapon baliqchilari hisoblashicha, bu qisqichbaqalarda 1185-yilda Dannoura jangida halok boʻlgan samuraylar ruhi yashar ekan. 2003-yili esa "Soʻnggi samuray" filmi chiqqandi.