Zakovat savoli #3314
Markaziy Osiyo hududining katta qismida yo’d tanqisligi kuzatiladi. Afsonalarda aytilishicha, So‘g‘diyonaga yurishdan qaytayotgan Iskandar Zulqarnayn har bir askarga o‘ljalar qatorida o‘zi bilan yong‘oq olib ketib, uyiga ekishni buyuradi. Aytishlaricha, hozirda Yevropada tarqalgan yong‘oq daraxtlari SHU YERDAN olib ketilgan yong‘oqdan ko‘paytirilgan ekan. Hozirda bu hudud Qirg‘iziston janubidagi asosiy turistik, ziyorat maskani hisoblanadi. Joy nomini shu yerlarda bog’ yaratgan mo‘ysafid avliyo bilan bog‘lashadi.
Diqqat savol: O’sha joy nomini aniq yozib bering
Diqqat savol: O’sha joy nomini aniq yozib bering
Javobni ko'rish
Arslonbob