Zakovat savoli #33129
Taxminan yigirma besh ming yil oldin, Bering boʻgʻozi qit'alar o'rtasida o'ziga xos ko'prik vazifasini o'tagan. Shu munosabat bilan amerikalik tarixchi Govard Zinn bu so'zning unchalik noto'g'ri emasligini ta'kidlagan. Bu soʻzni toping?
Javobni ko'rish
Indeyslar! Izoh: Maʼlumki, Kolumb oʻzi tomonidan ochilgan yangi yerni Hindistonning bir qismi deb hisoblagan, shuning uchun ham mahalliy aholini indeyslar deb atagan. Koʻp ming yilliklar avval indeyslarning ajdodlari Amerikaga Osiyodan Bering boʻgʻozi orqali oʻtgan. Shunday qilib, aytish mumkinki, indeyslar kelib chiqishi boʻyicha osiyoliklar hisoblanadi