Zakovat savoli #33117
Bu gul haqida ko‘plab afsonalar yaratilgan. U Yevropa mamlakatlarida muxabbat ramzi hisoblangan. Afsonalarga ko‘ra bu gullar elflar va gnomlarga tegishli ekan. Fransiyada bu gulga atalgan bayram bor. O‘tgan asrlarda bu gul Yevropada shifokorlarni tabaqalarini belgilab bergan. Bu yerda qaysi gulga ta’rif berilmoqda?
Javobni ko'rish
Landish (marvaridgul) Fransiyada «landish kuni» keng nishonlanadi. Finlyandiyada landish ramziy gul hisoblanadi. Aytishlaricha landishdan gnomlar kechalari fonar sifatida foydalanishgan ekan.