Zakovat savoli #33014
Buyuk Pyotr I 1698–yildayoq o'zining barcha boyarlariga soqollarini qirib tashlashni buyurgan. Bizning davrda esa, aniqrog'i 1970–yillarda Shvetsiyada televideniya boshlovchilariga mo'ylav va soqol qo'yish ta'qiqlanadi. Mazkur ta'qiq o'sha vaqtda mamlakatda 700 mingga yaqin kishini tashkil etuvchi tomoshabinlarning bir toifasiga bog'liq holda qilingandi. Agar bu tomoshabinlar toifasini topgan bo'lsangiz, endi siz menga shu toifaga kirgan mashhur nemisni ayting?
Javobni ko'rish
Lyudvig van Betxoven Izoh: Ular – karlar. Ularga mo'ylav va soqollar gapirayotgan kishining mimika va lab harakatlarini tushunishga halaqit bergan. Shu uchun bu ta'qiq amalga kiritilgan.