Zakovat savoli #33006
Daniyalik olimlar fikricha, bu qurilmalar bir yil ishlagandan so'ng, o'zidan ozon gazi ajratib chiqara boshlaydi. Bu esa o'z navbatida odamlarning dimog'ini qichitib, bosh og'rig'ini keltirib chiqarib, o'pka kasalliklariga moyilligini kuchaytirarkan. Shuning uchun shifokorlar bu qurilmalarni yo'laklarga, katta xonalarga o'rnatishni va xonani tez-tez shamollatib turishni tavsiya etishmoqda. Qanday qurilmalar haqida gap ketmoqda?
Javobni ko'rish
Nusxa ko'chiruvchi va ko'p nusxa bosuvchi mashinalar!