Zakovat savoli #32915
Bir necha yillar avval Nyu-Yorkda Valeri Kouen ismli bir ayol 85 yoshida vafot etgan. Vasiyatga chaqirilganlar orasida 50 yil davomida uni doimiy davolab kelgan vrach ham bor edi. Meʼros sifatida u uncha ogʻir vaznga ega boʻlmagan muhrlangan quticha oladi. Diqqat savol: Sizningcha, quticha ichida nima boʻlgan?
Javobni ko'rish
Vrach yozib bergan va bemor qabul qilgan dori retseptlari!