Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32910

Zakovat savoli #32910

Tarixdan maʼlumki, davlatlarning poytaxtlari turli xil geografik, siyosiy va shunchaki, subʼektiv omillarga bogʻliq holda tanlanadi. Afsonaga ko'ra, qaysi shahar qo'chqorlar tufayli, aniqrog'i, qo'chqor go'shti tufayli poytaxt sifatida tanlangan?
Javobni ko'rish

Samarqand! Izoh: Afsonaga koʻra, Amir Temur poytaxtni tanlay turib, uchta qoʻchqorni soʻydiradi va bittasini Toshkentga, boshqasini Samarqandga va uchinchisini Buxoroga tashlashni buyuradi. Uch kundan soʻng Buxoro va Toshkentdagi qoʻchqor goʻshtlari chirib ketgan, Samarqanddagi goʻsht esa yangiligicha qolgan. Shunday qilib Samarqand Temur imperiyasi poytaxtiga aylangan ekan.

Boshqa savollar