Zakovat savoli #32894
Aytishlaricha, koreys qiroli Sechjon Buyuk baliq ovlashda foydalanilgan toʻrga qarab bitta narsani ixtiro qilgan ekan. YUNESKOning Qirol Sechjon nomli mukofoti U bilan kurash sohasiga oʻz hissasini qoʻshganlar uchun beriladi. Nima bilan kurash uchun bu mukofot beriladi?
Javobni ko'rish
Savodsizlik! Izoh: Baliq toʻriga qarab Sechjon oddiy geometrik komponentlardan tarkib topgan koreys alifbosi - xangilni oʻylab topgan. Bu voqea XV asrda yuz bergan.