Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3289

Zakovat savoli #3289

Bilamizki, Sovet davrida xattoki farzandga ism qo‘yish masalasiga ham hukumat tomonidan jiddiy e’tibor berilgan. Huddi shu masalaga bag‘ishlangan majlislardan birida ushbu o‘g‘il bolalar ismi inqilobiy ruh beruvchi ism sifatida e’tirozga sabab bo‘lgan. Go‘yoki bu ism inqilobiy so‘z-iboralar qisqartmasidan tashkil topgan ism deb ko‘rsatilib, u o‘zida “Sharq”, “Ozodlik”, “Karl Libknext”, “Inqilob” va “Roza Lyuksemburg”larni birlashtirgan emish.
Savol: Arabchadan “yaxshiliklarni biluvchi”, “shukur qiluvchi”, “minnatdor inson” degan ma’noni anglatuvchi ushbu ismni yozib bering
Javobni ko'rish

Shokir

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar