Zakovat savoli #32879
Ikkinchi jahon urushi paytida bir kuni tunda bu italyan ayoli oʻz uyini tark etishga majbur boʻladi. Uni zambilda olib ketishgan va germetik yopiq kuzovga joylashgan. Havo yetishmasligidan uning hamrohi oʻz xushini yoʻqotishiga oz qolgan, ammo bu ayol tabassum bilan qarab turavergan. Oʻsha italyan ayolini toping.
Javobni ko'rish
Mona Liza yoki Jakonda. Izoh: Kartinani natsistlardan qutqarish uchun Luvr muzeyidan olib ketishgan. Qoʻl bilan unga zarar yetkazmaslik uchun uni zambilda olib borishgan va germetik yopiq kuzovga joylashgan.