Zakovat savoli #32870
XVIII asrda AQSHdagi fabrikalardan biri original konstruksiyaga ega boʻlgan: fabrikaning qolgan binolariga qaragan bitta binoning uchta devori juda ham mustahkam qilib qurilgan, daryo tomonga qaragan toʻrtinchi devor esa yupqa qilib qurilgandi.
Diqqat savol: Bu fabrikada nima ishlab chiqarish bilan shugʻullanishgan?
Diqqat savol: Bu fabrikada nima ishlab chiqarish bilan shugʻullanishgan?
Javobni ko'rish
Porox yoki oʻqdori. Izoh: Oʻsha vaqtlarda bu ish juda ham xavfli hisoblangan. Ozgina xato ham dahshatli oqibatga olib kelishi mumkin boʻlgan. Shuning uchun agar bunday porox tegirmonida portlash chiqsa, portlash toʻlqini daryo tomonga qaragan yupqa devordan daryoga chiqib ketgan. Bunda fabrikaning asosiy binosiga kam zarar yetgan.