Zakovat savoli #32839
Germaniya va Yaponiyada sartaroshlar uchun noodatiy qaychi ishlab chiqarishni boshlashibdi. Oʻtkirligiga koʻra, bu qaychi poʻlatdan oʻn barobar yaxshiroq, hatto kislotada ham zanglamaydi. Bundan tashqari, bu material insoniyatga qadimdan maʼlum. Hatto Afinadagi bitta tuman ham oʻsha material sharafiga nomlangan. Bu qaychi qanday materialdan tayyorlanganini toping?
Javobni ko'rish
Sopoldan (keramika).