Zakovat savoli #32833
"Doktor Xaus" seriali epizodlaridan birida, bitta bemor vannani xlorli oqartirgich va nashatir spirti bilan yuvgani maʼlum boʻladi. Xaus bu haqida bilgach, bitta joy nomini ham esga oladi. Diqqat savol: Oʼsha joy nomini yozib bering?
Javobni ko'rish
Bu joy nomi – Ipr. Izoh: Ammiak va xlorli oqartirgich aralashmasidan xlor gazi hosil boʻladi, undan birinchi marta harbiy maqsadlarda Iprdagi jangda foydalanishganini bilarsiz.