Zakovat savoli #32820
"Hayvonlar olimpiadasi" multfilmida musobaqaning sport gimnastikasi boʻyicha ishtirokchilaridan biri begemot boʻlgan. Uning chiqishi natijalarini izohlay turib, teleboshlovchi bitta familiyani ham esga oladi. Oʻsha familiyani toping?
Javobni ko'rish
Rixter! Izoh: Begemot tayanch sakrashni amalga oshirgan. Shundan soʻng tabloda 4.5 raqami paydo boʻlgan, teleboshlovchi soʻraydi: "Bu baho yoki Rixter shkalasi boʻyicha ball?". Begemot urgʻochi va vazni katta boʻlgan, Rixter shkalasi esa zilzila kuchini aniqlashda yordam beradi.