Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32817

Zakovat savoli #32817

Alp togʻlaridagi shaxtalardan biri ikki ming yillik tarixga ega va u oʻziga xos muzeyga aylantirilgan. Yogʻoch belkuraklar, oyoq uchun paytavalar, jun sviterlar va teri telpaklar – bularning bari uzoq vaqtlardan buyon tashlab qoʻyilgan shaxtadan topilgan. Bundan tashqari, olimlar juda yaxshi saqlanib qolgan kolbasa boʻlaklari, qaynatilgan noʻxat va hatto ikki ming yillik ovqat hazm qilishdan qolgan chiqitlarni koʻrishga muvaffaq boʻlgan. Diqqat savol: Bu shaxta atrofida joylashgan shaharni toping?
Javobni ko'rish

Zalsburg. Izoh: Tuz organik materiallarni yaxshi saqlanishini taminlagan. Bu tuz shaxtasi "tuz shahar" degan maʼnoni anglatuvchi keltlarning Zalsburg shahri yaqinida joylashgan.

Boshqa savollar