Zakovat savoli #32811
Braziliyalik futbolchi Neymar bir safar Krishtianu Ronaldu va Lionel Messilardan bitta oyoqdan olishni va ularning oyoqlariga ega boʻlishni istashini aytib oʻtgan. Bir sharxlovchi bu tanlovga shubxa bilan qaragan, ikkinchi sharxlovchi esa unga qarshi ravishda yana bir futbolchini eslatib oʻtgan ekan. Siz aynan oʻsha futbolchi kim ekanligini ayting?
Javobni ko'rish
Garrincha. Izoh: Lionel Messining boʻyi 170 sm, Krishtianu Ronalduning boʻyi esa - 185 sm, shuning uchun ularni oyoqlari turli xil uzunlikda boʻladi. Garrinchaning oyoqlari ham turli xil uzunlikda boʻlgan, ammo bu unga futbol yulduzi boʻlishga halaqit bermagan :)