Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32698

Zakovat savoli #32698

Usmoniylar sultoni Yildirim Boyazid bir kuni mahkamada guvohlik beradigan bo‘lib qoldi. U ham hamma qatori qozining oldida qo‘llarini oldiga bog‘lab, tik oyoqda turardi. O‘sha davrdagi Bursa qozisi Mulla Shamsiddin Fanoriy sultonga nazar tashlab shunday hukm o‘qidi:
"Sizning guvohligingiz qabul qilinmaydi. Chunki siz .....",- dedi. Mazkur hodisadan so‘ng saroyning yon tarafiga masjid qurdi.
Diqqat savol: Mulla Shamsiddin Fanoriy Yildirim Boyazidga aytgan gaplarini davom ettiring?
Javobni ko'rish

Siz namozni jamoat bilan ado qilmaysiz.Imkoni bo‘la turib namozni jamoat bilan o‘qimaydigan kishi yolg‘on guvohlik berishi mumkin

Boshqa savollar