Zakovat savoli #32635
Uzoq yillar muqaddam Napoleon Xill Atlantadagi federal turmadagi kutubxonada ruhshunos-maslahatchi bo'lib ishlar ekan, Al' Kapone bilan bir necha bor suhbatlashgan edi. Shunday muloqotlardan birida Xill undan shunday deb so'ragan: ,,Sizning jinoyat yo'liga kirishingiz qanday ro'y berdi?" Kapone bitta so'z bilan ,,X" deb javob berdi. Shundan so'ng uning ko'zlari yoshga to'ldi va tomog'iga nimadir tiqilganday yo'talib qoldi. Diqqat savol: X o'rnidagi so'zni toping?
Javobni ko'rish
Zaruriyat