Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #3260

Zakovat savoli #3260

"Polkovnik" laqabli amerikalik prodyuser Tom Parker Elvis Preslining g'ayrioddiy iste'dodini u hali kam tanilgan va voyaga yetmagan vaqti tan olgan va ko'p jihatdan uning rivojlanishiga va super yulduz maqomiga ega bo'lishiga hissa qo'shgan. Elvisning daromadini oshirish uchun Parker ko'plab nostandart usullarni qo'llagan. Misol uchun, u "Men Elvisni yomon ko'raman" ("I hate Elvis") so'zlari yozilgan katta hajmdagi nishonlarni ishlab chiqargan va ularni sotish bilan shugʻullangan.
Savol: U bu kabi nishonlarni kimlarga sotgan?
Javobni ko'rish

Elvis plastinkalarini hech qachon sotib olmaydiganlarga.

📚 Manba: zakovatklubi.uz

Boshqa savollar