Zakovat savoli #32592
𝗔𝘇𝗶𝘇 𝗦𝗮𝗺𝗮𝗿𝗾𝗮𝗻𝗱𝗶𝘆
Bir kuni qassobning hamyoni yo'qoladi. Qassob o'z do'koniga bir xizmatchi kelib-ketganligini bildiradi va barcha gumonlar shu xizmatchiga tushadi. Ma'lum vaqtdan keyin xizmatchi ushlanib, ichki ishlar bo'limiga olib kelingan va shaxsiy tergov o'tkazilish natijasida undan hamyon hamda tangalar topiladi. Ammo xizmatchi bu tangalar o'ziga tegishligini, hech narsani o'g'irlamaganligini aytadi. Ammo tergovchi kutilmaganda xizmat xonaga qozonda qaynab turgan suvni olib kelishni buyuradi. Qaynagan suv xonaga kelgandan keyin tergovchi barcha tangalarni qaynab turgan suvga tashlaydi. Ma'lum vaqtdan keyin tangalar qassobga tegishli ekanligini, xizmatchi ushbu tangalarni qassobdan o'g'irlaganligini e'lon qiladi.
Savol: Tergovchi nega tangalar qassobga tegishli ekanligini, xizmatchi o'g'ri ekanligini aytgan? Buni qayerdan bildi?

Javobni ko'rish
Qaynab turgan suvga tashlangan tangalardan yog' ajralib chiqib, suv yuzasiga chiqib qolgan. Bu esa tangalarni oldin qassob qo'llarida ushlaganligidan dalolat beradi. Bilasiz, qassobning qo'llari yog'li bo'ladi.