Zakovat savoli #32537
Yaponlar uni ,,tatsu-no otosigo,,deb atashadi. (qonunsiz tug'ilgan ajdarho farzandi). Uni uyda saqlasa boʻladi, hamda u Ajdarho yilida tumor sifatida ham foydalanishadi. Balki uyingizda unga oʻxshagan 4 ta predmet topilib qolar. Uni 2 ta soʻz bilan ayting?
Javobni ko'rish
Dengiz oti Izoh: Agar sizda komplekt shaxmat boʻlsa, u yerda 4 ta ot topiladi. Ular dengiz oti bilan shaxmat otini oʻxshashligini aytishgan. Dengiz otida esa ajdarhoga oʻxshash tomoni bor.