Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32497

Zakovat savoli #32497

Xalil ibn Ahmad (r.a.) shunday deganlar: «Odamlar to‘rt xil bo‘ladi: 1. Biladigan va bilishini ham biladigan kishi. 2. Biladi, lekin bilishini bilmaydigan kishi. 3. Bilmaydigan va bilmasligini biladigan kishi. 4.   Bilmaydigan va bilmasligini ham bilmaydigan kishi». Ul zot bu 4 toifani qaysi biridan qochishni tayinlagan?
Javobni ko'rish

4-toifadan Izoh: Xalil ibn Ahmad (r.a.) shunday deganlar: «Odamlar to‘rt xil bo‘ladi: 1. Biladigan va bilishini ham biladigan kishi. U olimdir, unga ergashinglar. 2. Biladi, lekin bilishini bilmaydigan kishi. U uyqudadir, uni uyg‘otib qo‘yinglar. 3. Bilmaydigan va bilmasligini biladigan kishi. U yo‘l qidiruvchidir, uni yo‘lga solinglar. 4.   Bilmaydigan va bilmasligini ham bilmaydigan kishi. U johildir, undan qochinglar».

Boshqa savollar