Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #32459

Zakovat savoli #32459

Bu olim 1077 yilda u Yevklid kitobiga sharh yozib, butun sonlarning ildizini topish yo‘llarini ko‘rsatib beradi. 1079 yilda esa yangi kalendar ishlab chiqaradi. Bu kalendar 500 yil keyin qabul qilingan va hozirgi vaqtgacha qo‘llanilayotgan Grigorian kalendaridan ham aniqroq bo‘lgan. Shuningdek uning Koinot va uning vazifalari, Borliq haqida risola, “Borliq umumiyligi haqida risola” kabi asarlari ham mashhurdir. Agar siz gap kim haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, bir manbada “uning ko‘nglini ranjitmaslik”ka harakat qilgan shoir nomini yozib bering?
Javobni ko'rish

Muhammad Yusuf. Izoh: Savolda mashhur matematik, munajjim va shoir Umar Xayyom haqida gap borayotganligini payqagan bo‘lsangiz kerak. Muhammad Yusufning: Mening haqimdagi g‘iybatlar yolg‘on, Ixtiyor o‘zimda bo‘lsa qaniydi. Sharob ichish menga Xayyomdan qolgan, Ichmasam, ul zotning ko‘ngli ranjiydi.

Boshqa savollar