Zakovat savoli #32366

Dastlab Edvard Munkning afsonaviy “Faryod” (Qichqiriq) kartinasi “Tabiat faryodi” kabi yangrardi. Bu haqda rassom o‘z kundaligida shunday yozgan edi:
“... to‘satdan osmon qizil rangga bo‘yaldi, men lohasliganimni his qilib to‘xtadim va panjaraga suyanib qoldim – ko‘k-qora dengiz ko‘rfazi va shahar ustidagi qon aralash alangaga qaradim... ”
2003 yilda bir guruh astronomlar rassomni hayratda qoldirgan osmonning yorkin qizil rangi 1883 yilda sodir bo'lgan voqea bilan bog‘liq, deb taxmin qilishdi.
Diqqat savol: Bu qanday voqea?

Javobni ko'rish
Vulqon otilishi Izoh:Krakatau vulqonining otilishi.O‘shanda atmosferaga juda ko‘p miqdordagi vulqon kullari tashlangani natijasida keyingi bir necha yil davomida butun dunyoda juda yorqin, cho‘g‘dek qizil quyosh botilishi kuzatilgan.