Zakovat savoli #32314
London Qirollik Akademiyasi a'zolari Isvak Nyuton va Robert Boyl bu g'aroyib gollandning suhbatlaridan doim bahramand bo'lishlari aytilgan. Aslida Gaaga shahrida jun savdosi bilan shug'ullangan bu gollandning ko'rinmas jonzotlar haqidagi suhbatlari ularni ham mixlab qo'yar edi. Bu kam harakat hayvonchalarning ayrimlari sharsimon, yana boshqalarining ilonsimon bo'lishi Nyuton va Boylni hayron qoldirar edi.
SAVOL: Nyutondek, Boyldek olimlar nimadan hayron qolishgan, u gollandning ism-sharifi kim bo'lgan?
SAVOL: Nyutondek, Boyldek olimlar nimadan hayron qolishgan, u gollandning ism-sharifi kim bo'lgan?
Javobni ko'rish
Kattalashtiruvchi oyna bilan mikroorganizmlarni kuzatishga muvaffaq bo'lgan shaxsning ism-sharifi Antoni van Levenguk. Levenguk mikroskopda o'z kuzatuv ishlari natijasi haqida hikoyalar qilib bergan.