Zakovat savoli #32174
Anton Pavlovich Chexov qaydlari orasida shunday yozuvlar bor. Bir uyning xizmatkori har kuni xo‘jayin yotog‘ini yig‘ishtirayotganida uning uy shippagini yo uyning burchagiga, yoki bo‘lmasam krovat tagiga otib yuborgan. Bundan jahli chiqqan xo‘jayin doim uni urishgan va haydab yuborish bilan qo‘rqitgan. Aytingchi, har kuni xo‘jayinga bunday noqulaylik tug‘dirgan bu ishlarni qilishni xizmatkor ayolga kim tayinlagan edi?
Javobni ko'rish
Shifokor. Izoh: Xo‘jayin har kuni jismoniy mashq qilishi kerak bo‘lgan. Xizmatkor ayol uni ortiqcha vazndan xalos bo‘lishi uchun uni xona bo‘ylab harakat qilishga majbur qilgan.