Zakovat savoli #31898
Ilgarilari "bu ish"ni oldini olish maqsadida har oyda bir marta devorlar atrofida otni aylantirib yurishgan. 1994-yilda esa yarim yalangʻoch kiyingan qizlar bir amerikalikka "bu ish"ni qilishda ulkan yordam bergan. Diqqat savol: Bizga "bu ish" nima ekanligini va oʻsha amerikalikning ismini yozib bering?
Javobni ko'rish
Qamoqdan qochish, Endi Defreyn Izoh: Otlar oyoq ostida qandaydir tunel oʻtgan boʻlsa buni sezadi va u yerdan oʻtishda qarshilik koʻrsatadi. Ilgarilari qamoqdan tunel qazib qochmoqchi boʻlgan mahbuslar shu tariqa qoʻlga tushirilgan. 1994-yil suratga olingan "Shoushenkdan qochish" filmida esa Endi qazayotgan tunelini yashirish maqsadida bir qancha qizlar suratlaridan foydalangan.