Zakovat savoli #31895
U XII asr oʻrtalarida tugʻilgan. 2006-yilda oʻz vatanida uni ming yillikning kishisi deb tan olishdi. "Dunyo boʻylab" jurnalining fikricha, uning faoliyati tufayli ham Yevropa qogʻoz haqida bilgan. U yana zamonaviy pochta tizimiga ham asos solgan ekan. Bu odam kim?
Javobni ko'rish
Chingizxon! Izoh: 2006-yilda Buyuk qurultoyning 800 yilligi sharafiga Mongoliyada Chingizxonni ming yillik kishisi deb tan olishgan. U tomonidan yaratilgan imperiya butun Yevroosiyo materigini birlashtirgan. Moʻgʻullar imperiyasida yaratilgan pochta xizmati eng tezkor hisoblangan.