Zakovat savoli #31866
Mashhur fizik Stiven Xoking 1962-yilda Eron boʻylab sayohatga joʻnagan. Bir payt ota-onasi xavotirga tushib qolishadi, ammo Xokingning soʻzlariga koʻra, u yoʻllar yomonligi tufayli BUNI payqamaganini aytgan. BUNI bitta soʻz bilan ayting?
Javobni ko'rish
Zilzila! Izoh: 1962-yilda Eronda vayronkor zilzila yuz bergan. Xokingning oʻzi Eronning oʻnqir-choʻnqir yoʻllari tufayli ham zilzilani payqamaganligi haqida xazil qilgan.