Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31704

Zakovat savoli #31704

Tarix va lug'atga bir nazar.
XI-XII asrlarga nazar tashlasak, ushbu davlat aynan shu asrlarda kuchaygan. Bu davrda ularning hukmdorlari
"YETUKXON" deb atalgan. Sababi qadimgi xalqlarda buyuklik, ulug'lik "YETUK" soʻzi bilan ifodalangan. Ammo ushbu soʻzga mantiqan qaralsa, koʻp hollarda xafagarchilik, yomonlik, judolikni anglatadi. Hoʻsh sizlar jumlada oʻzgartirilgan soʻz borligini bilgan holda menga aynan oʻsha soʻzni aniqlik bilan topib bering?
Javobni ko'rish

"QORA". IZOH: Qadimgi turkiy xalqlarda bu soʻz ulug', buyuk deb atalgan. Aynan Xoqoniya davlatining hukmdori davlati kuchayganidan boshlab "QORAXON" deb atalgan

Boshqa savollar