Zakovat savoli #31650
Qadimgi Xitoyda harbiy texnika va jang sanʼati qadimdan yuksak darajada rivojlangan. Xitoyliklar moxir jangchi boʻlishgan. Ular baʼzi maxfiy qilinadigan hujumlarni amalga oshirish uchun gʻalati usulni qoʻllashgan. Bu hujumlardan oldin jangchilar boʻyinlariga nok shaklida ishlangan katta toʻpni osib olishgan. Savol: bu nok shaklidagi toʻp qanday vazifa bajarganini maksimal aniqlikda ayting?
Javobni ko'rish
Bu latta toʻplarni maxfiy hujumlardan oldin, ogʼzilariga solib olishgan. Bundan maqsad har qanday holatda ham ovoz chiqarmaslik edi. А.Иванкин ''Ikki buyuk sarkarda" kitobidan.