Zakovat savoli #31597
Miloddan avvalgi I asrda G'arbiy Yevropaning deyarli butun hududini band etgan qadimiy qabilalar keltlar , yoki gallar deb atalgan. Garchi ularda monax timsolidagi oliy hukumat, davlatchilik bo'lmasa-da, ular oʻzlarining ma'naviy dohiylari- Ularga boʻysunganlar. Ular qurbonlik qilish marosimlarini boshqarishar, tabiblik qilishar, solnomalar bitishar, bashorat qilishar, bolalarga saboq berishar, gunoh ish qilgan katta yoshlilarni jazolashar edi. Ular sir-sanoatli ilohiy bilimlarga ega deb va bu ularning kishilar ustidan hukmronlik qilishlariga juda katta imkoniyat berardi. Ularning nomlanishining kelib chiqishi irlandcha soʻzga taqalib, "eman daraxti" degan ma'noni anglatadi va an'anaviy ravishda bilim va donolik ramzi sifatida ishlatiladi.
Diqqat savol: Ularni toping?
Diqqat savol: Ularni toping?
Javobni ko'rish
Druidlar. Izoh: Druid irlandcha, " doire" - "eman daraxti" degan ma'noni anglatadi.