Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31578

Zakovat savoli #31578

X larning dunyo bo'yicha faqat 4 xil ranglari mavjud ekan. Bular qizil, ko'k, yashil va qora.
Bu ranglar orasida qizil eng keng tarqalgan rang hisoblanar ekan. Qizil rangli X lardan Rossiya, Xitoy, Gruziya kabi davlatlar foydalanar ekan. Ko'k rangli X lardan esa Karib dengizining 15 ta davlati foydalanar ekan. Shuning uchun ham  Qizildan keyin eng ko'p tarqalgani sanalar emish. Qora X esa juda kam uchrar ekan va undan asosan Afrikaning ayrim davlatlari va Yangi Zellandiyagina foydalanishar ekan.
Diqqat savol : Siz bizga X ni emas, Yashil X lardan eng ko'p foydalanadiganlarni 2 yoki 1 so'zda yozib bering?
Javobni ko'rish

Musulmonlar yoki Musulmon davlatlari Izoh: X bu pasport edi va uning dunyoda 4 xil rangi mavjud ekan. Yashil rangli pasportlardan esa ko'pchilik musulmon davlatlar foydalanishar ekan. Sababi Yashil rang Payg'ambarimiz Muhammad  sallallohu alayhi vasallamning sevimli ranglari bo‘lib, tiriklik va tabiat rangi sanalar ekan.

Boshqa savollar