Zakovat savoli #31569
⚠️ Kunning Oxirgi savoli
Mashhur amerikalik olim Richard Feynman oʻz qaydlarida bir voqeani eslaydi. Bir kuni Albert Eynshteyn seminar oʻtish uchun uning ishxonasiga keladi va birinchi qiladigan ishi - “Qayerdan choy ichsam boʻladi?” deya soʻragan. Feynman “Xov anavi yerdan” deya unga choy turgan joyni koʻrsatgan va ich-ichidan BU ISHNI toʻgʻri qilganidan xursand boʻlgan. Mashhur latifaga koʻra, shunga oʻxshash holatda bir talaba ismini aytgach quvongan edi. Diqqat savol, Feynman nimadan buncha xursand boʻlgan edi?

Javobni ko'rish
Birinchi savolga toʻgʻri javob berganidan quvongan. Izoh: Feynman birinchi savolga “Choy hov anavi yerda” degach, Albert Eynshteyndek insonning savoliga toʻgʻri javob berganidan xursand boʻlgan. Latifani eslasangiz kerak: Imtixonda oʻqituvchi talabadan soʻrayapti: - Ismingiz nima? - Falonchiyev pistonchi. - Nega buncha xursand boʻlyapsiz? - Birinchi savolingizga toʻgʻri javob berganimdan, ustoz.