Zakovat savoli #31567
Yapon millati mentaliteti uchun bir qancha yozilgan va yozilmagan ta’qiqlar mavjud. Masalan, ko‘pchilik bor, g‘ala-g‘ovur joyda ham yaponlar sekinroq gapirishga yoki umuman gapirmaslikka harakat qiladi. Bundan maqsad esa yon-atrofdagilarga halaqit bermaslik. Mana shu jihatlarni inobatga olib, tadqiqotchilar so‘ngi yillarda boshqa millatlarga qaraganda aynan yaponlar bir ko‘rsatkich bo‘yicha yetakchilik qilayotganini asoslashmoqchi bo‘lishadi. Aynan qaysi ko‘rsatkich bo‘yicha yaponlar liderlik qilishmoqda?
Javobni ko'rish
SMS yozish bo‘yicha. O‘rtacha hisob-kitoblarga ko‘ra yaponlar oyiga 1000 tadan ko‘p SMS yuborishar ekan