Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31481

Zakovat savoli #31481

O‘zbekiston xalq shoiri Sirojiddin Sayyid qalamiga mansub bir she’rdan parcha:
Har ko‘ngil ishq ichra pok tiynat bo‘lar kundur bu kun,
Bitta so‘z olam aro ziynat bo‘lar kundur bu kun.
Tiyra dunyoga ziyo sochgay munavvar bir ism,
Bir ismdan bir ulus millat bo‘lar kundur bu kun.
Sezgan bo‘lsangiz, shoir qandaydir sanaga, kunga va kimgadir shama qilmoqda.
Diqqat savol: kim va qaysi kun haqida gap ketmoqda?
Javobni ko'rish

Bu kun barcha turkiylar uchun moʻtabar kun. Shoir Sirojiddin Sayyid bu she’rni Navoiy bobomizning tavallud topgan kuni — 9 fevralda yozgan.

Boshqa savollar