Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31468

Zakovat savoli #31468

To‘pponchalarning ilk nusxasi Germaniyada ishlab chiqarila boshlangan. Avval ularni og‘ir metallardan yasalgan, chunki hali metallsozlik rivojlanmagan, qurol qancha og‘ir bo‘lsa, uning o‘qi shuncha uzoqqa otilgan. XVI asrga kelib yengilroq to‘pponchalarga ehtiyoj kuchaya boshladi. O‘qi uzoqqa otilmasa ham ustalar bir muncha ixcham va yengil qurollar yasay boshladilar.
Savol: u to‘pponchalardan nima maqsadda foydalanilgan?
Javobni ko'rish

XVI asrdan boshlab duellar avj ola boshladi. Duel qoidasiga binoan qurolni faqat bir qo‘lda ushlash kerak. Og‘ir qurolda mo‘ljalga xato urib qo‘yish hollari ko‘p bo‘ladi. Shuning uchun uzoqqa otmasa ham yengilroq qurollarga buyurtmalar bo‘lgan.

Boshqa savollar