Zakovat savoli #31462
Ularning ikkalasi ham Atlantika okeanida joylashgan. Ular uchun umumiy bo'lgan nom birinchisining asosiy nomi emas, lekin uni ko'pincha shu nom bilan atashadi, ikkinchisi uchun bu nom haqiqiy nom hisoblanadi. Birinchisi o'zining yetakchisi bilan mashhur bo'lsa, ikkinchisi o'zining arxitektura inshooti bilan mashhur. Siz menga ular uchun umumiy bo'lgan nomni ayting?
Javobni ko'rish
Ozodlik oroli. Izoh: Kuba davlatini "Ozodlik oroli" deb atashadi, haqiqiy Ozodlik oroli esa AQSH ga tegishli bo'lib, unda mashhur inshoot - Ozodlik haykali qad ko'targan.