Zakovat savoli #31410
Yaponiyada ikebanalar tayyorlashni o‘rgatadigan maktablar bor. Ikebana sogesu degan kodeks ham mavjud. Ikebana nafaqat guldasta, uning zamirida kuchli falsafa ham bor. Unga ko‘ra ikebana 3 ta shoxchadan iborat bo‘lib sin, soe, xikae deb nomlanadi. Birinchi shoxcha eng uzuni, ikkinchi shoxcha undan kaltaroq, uchinchisi yanayam kalta bo‘lishi kerak. Uchalasi ma’lum bir ma’noni ifodalaydi.
Savol: agar birinchi shoxcha osmonni ifodalasa, qolgan ikkitasi nimani anglatadi?
Savol: agar birinchi shoxcha osmonni ifodalasa, qolgan ikkitasi nimani anglatadi?
Javobni ko'rish
Birinchi shoxcha — sin — osmonni, uchinchi shoxcha — xikae — yerni ifodalaydi. Yer bilan osmon o‘rtasida kim bo‘lishi mumkin. Ikkinchi shoxcha — soe — inson ramzi hisoblanadi.