Zakovat savoli #31388
"Insonning baxt haqidagi tasavvurlari negadir boylikka borib taqalaveradi. Ba'zan biz o'zimizni hashamatli bir uyda yashayotgandek tasavvur qilamiz, tasavvurimizni haqiqatga aylantirish uchun esa yelib yuguramiz. Ming bir zaxmatlar evaziga orzuyimizdagi hashamatga erishgach esa nadomat bilan tan olamizki asl baxt biz hech bir iztirobsiz tashlab ketgan alfada qolib ketgan ekan!"
Alfa nima?
Alfa nima?
Javobni ko'rish
Loysuvoq uy. Eski uy yoki avvalgi uyi javoblari qabul qilinmaydi. Manba: S. Boboev. " Armonli dunyo" kitobidan.