Zakovat savoli #31310
Xitoyning Shanxay shahrida Gorillalar saqlanadigan hayvonot bog‘i bo‘lib, unda yuzlab Gorilla maymunlari mavjud. Mabodo, shu zooparkka borib qolsangiz va sizda alfa bo‘lmasa, tomoshaga kirayotganingizda ehtiyot chorasi sifatida sizga uni berib turishadi. Alfa nima?
Javobni ko'rish
Gorilla juda baquvvat va o‘ziga yarasha xavfli hayvon. Uning jahlini chiqarish yaxshilikka olib bormaydi. Alfa- qora ko'zoynak. Gorilla odamning ko'zidagi tajovuzkorona nigohni sezar ekan. Keyin hujumga o‘tadi. Qora ko‘zoynak ostidan esa bemalol o'qrayish ham, do‘q qilib qarash ham mumkin.