Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31267

Zakovat savoli #31267

Fransuaza Saganning “Assalom Qayg'u” asarining bosh qaxramoni bo‘lgan 17 yoshli qiz Sesil, otasining Anna ismli ayolga uylanishiga qarshi bo‘ladi. U o‘z xonasida yurarkan nikohni to‘xtatish uchun tezda har xil rejalar tuza boshlaydi va o‘z holatini UNGA o‘xshatadi. Fransuaza Sagan o‘zbek bo‘lganida Sesilni holatini UNGA emas bir hunarmandga tegishli atributga o‘xshatgan bo‘lardi. Savol: Uni toping?
Javobni ko'rish

Mayatnik (soat mayatnigi, mayatnikli soatlar ham ma’no jihatdan yaqinligi uchun qabul qilinadi.) Izoh: Agar muallif o‘zbek bo‘lganida Sesilni xonada u yoqdan bu yoqqa borib kelib yurgan holatini bo‘zchining mokisiga o‘xshatgan bo‘lardi.

Boshqa savollar