Zakovat savoli #31245
Robert Djordning kitoblaridan birida Shonchan imperiyasining urf-odatlari haqida yoziladi. Shulardan biri ularning fuqarolari bir ishni qilishlari taqiqlangan va bu ishni qilganlarga o‘lim jazosi berilgan. Bu ishni faqat imperator oilasiga tegishli bo‘lganlar qilishlari mumkin edi. Qolganlar bu ishni qilishsa, o‘zlarini imperator oilasiga tegishli qilib ko‘rsatishga urinish deb baholangan. Mashhur asarlardan birining qahramoni esa ikkita vositaning qoniqarsiz ta’siri tufayli bu ishni qilishga majbur bo‘lgan. Siz menga bu qahramonnning familiyasini ayting?
Javobni ko'rish
Ippolit (Kisa) Vorobyaninov Izoh: Gap sochni qirib tashlash haqida gap ketmoqda. Imperator oilasiga tegishli kishilargagina sochni qirib olishga ruxsat berilgan. Imperiyaning obro‘li kishilariga esa sochlarini yarmigacha olishiga ruxsat berilgan. Mashhur “12 stul” asarida esa “Titanik” va “Nayada” bo‘yoqlari bilan soch bo‘yamoqchi bo‘lgan Vorobyaninovning sochini qirdirib tashlashdan boshqa iloji qolmaydi.