Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31240

Zakovat savoli #31240

Bundan bir necha yil oldin Janubiy Afrikaning Durban shahrida Jahon atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari, YUNESKO, Grinpis kabi o‘nlab sayyoramiz muhofazasiga befarq bo‘lmagan ilg‘orlar, ekologlar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala Kioto protokoliga yangilik kiritish va yer shari haroratining ko‘tarilishi, atrof-muhit ifloslanishi, yovvoyi tabiatni asrash va jahon aholisini boqish kabi masalalar o‘rtaga tashlandi. Bu uchrashuvlar davomida tarqatmadagi mashhur “Bizda zahira yo‘l yo‘q” iborasi 2 harf qo‘shilgan holda aytib o‘tildi. Bu o‘zgartirish bilan ibora uchrashuv mavzusiga juda mos kelar edi. Savol, siz shu qo‘shilgan 2 harfni toping?
Javobni ko'rish

ET harflari PLAN so‘ziga qo‘shib yozilgandi va natijada “We have no planet” - “Bizda zahira sayyora yo‘q” ma’nosi hosil bo‘ladi. Bu ekologlar uchun ayni muddao shiordir.

Boshqa savollar