Zakovat savoli #31238
1791 yil, sovuq dekabr kunlarining biri. Yevropadagi poytaxt shaharlarning birida motam marosimi davom etardi. Mashhur insonni so‘ngi manzilga, Avliyo Mark qabristoniga olib borishardi. Havo harorati borgan sari sovib borar, marosim qatnashchilarining hammasi ortga qaytish harakatida edi. Shunday bo‘lib chiqdiki, qabristonga yetib kelingan vaqtda marhumning oldida tobut ko‘taruvchilar va bir insondan bo‘lak hech kim qolmagan edi. Savol esa shunday: menga marhumning kimligini emas, balki qabristonda marhumning so‘nggi damlarigacha yonida qolgan sodiq insonni ayting?
Javobni ko'rish
Antonio Saleri Izoh: Marhum – Motsart.