Zakovat savoli #31220

Mashhur fransuz aktyori, mitti jandarm roli bilan hammamizga tanish Lyui de Fyunesning “Misye Septim Restorani” nomli filmini ko‘pchilik ko‘rmagan bo‘lishi mumkin. Bu filmda jinoyat sodir bo‘lgach, qahramonlar restoran tashqarisida turib, kechki shaharga quloq solib, bahslasha ketishadi. Biri “bu re-lya, re-lya notalari” deb vohima qilsa, ikkinchisi, hotirjamlik bilan “unday emas, notalarni men ham tushunaman, bu aniq si-lya notalari“ deydi. Savol, bu kino qahramonlar qaysi 2 narsani re-lya va si-lya notalari bilan ifodalagan?
Javobni ko'rish
Bu serena ovozlari notalari - biri polisiya va ikkinchisi tez yordam signallari edi.