Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31214

Zakovat savoli #31214

Muhammad Alining “Sarbadorlar” asarida yozilishicha, asar voqealari bo‘lib o‘tgan Samarqand shahrida yilning ma’lum bir vaqtida bir oy davomida onda-sonda yosh bolalar tomonidan “badbo‘y qo‘shiqlar” deb nomlangan qo‘shiqlar kuylangan. Ammo bunday qo‘shiqlar har doim ham kuylanavermagan. Faqatgina bir holat yuz bersagina shunday qo‘shiqlar kuylangan. Gap yilning qaysi davri haqida ketayotganligini topgan bo‘lsangiz, qanday holatda bunday qo‘shiqlar kuylanganini aniq qilib yozib bering?
Javobni ko'rish

Ramazon oyida bolalar ramazon qo‘shiqlarini kuylashgan. Agarda uy egasi o‘z eshigini ochmasa, badbo‘y qo‘shiqlar kuylangan. Bu qo‘shiqlarda uy egasining xasisligi, cho‘loqligi, semizligi yoki shunga o‘xshash turli kamchiliklari aytilgan.

Boshqa savollar