Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31211

Zakovat savoli #31211

U siklonlarning sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antisiklon chetlarida paydo bo‘ladi. Uni ba’zi manbalarda qasirg‘a deb ham atashadi. XX asr so‘ngida yuz bergan bir voqeaning nomida ham u bor. Hattoki, ikki jamoa bo‘lib o‘ynaladigan, har birida olti kishidan iborat ishtirokchi qatnashadigan o‘zbek milliy harakatli bolalar o‘yini ham shunday nomlanadi. Betxovenning ushbu kompozisiyasi ham aynan unga bag‘ishlangan. Uni toping?
Javobni ko'rish

Bo‘ron Izoh: Bo‘ronlar siklonlarning sovuq havo massasi egallagan qismlarida yoki antisiklon chetlarida paydo bo‘ladi. XX asr so‘ngida yuz bergan bir voqea – “Sahrodagi bo‘ron”.

Boshqa savollar