Diqqat Savol Botga o'tish

Bosh sahifa › Savollar › #31197

Zakovat savoli #31197

Rossiya kanallarining birida bir necha yillar ilgari namoyish qilingan “Убойная Сила”, ya’ni “Dahshatli, qudratli kuch” serialida bir epizod bor. AQSHga xizmat safariga uchib ketayotgan ikki rus tezkor qidiruv xodimi samolyotda o‘tirishgan bo‘ladi. Shu vaqtda ko‘rinishidan afroamerikalik bo‘lgan yo‘lovchi o‘z joyiga, ya’ni illyuminator yonidagi o‘rindiqqa o‘tib olishini so‘raydi. Ma’lum vaqt o‘tgach, 2-xodim 1-xodim bergan savolga shunday javob beradi: Birinchisi biror bir yomon ish qilish oldidan, ikkinchisi esa shu yomon ishni qilib bo‘lgandan keyin qo‘llaniladi, deb yarim hazil, yarim chin tushuntiradi. Diqqat savol: Siz Birinchi va Ikkinchini to‘g‘ri ketma-ketlikda yozib bering?
Javobni ko'rish

Birinchi - bu inglizchadagi “Excuse me” jumlasi, Ikkinchi esa “I am sorry” jumlasi

Boshqa savollar